Jamiyat
Oʻrta Osiyoda mashhurlikka erishgan “Jannat onalar oyogʻi ostida” filmi Oʻzbekiston kinoteatrlaridagi namoyishi bilan 1 haftada 1 milliard 308 million 647 350 soʻm yigʻishga muvaffaq boʻldi.
Film aqliy rivojlanish boʻyicha 8 yoshda boʻlgan 35 yoshli Odil haqida hikoya qilib, uning syujeti Qirgʻiziston, Oʻzbekiston, Turkiya, Misr, Saudiya Arabistoni va Qozogʻiston mamlakatlarini qamrab oladi.
Turkiyada yashovchi qirgʻizistonlik kinorejisser ijodiga mansub ushbu film 11-apreldan boshlab Oʻzbekistondagi 7 ta kinoteatrda 50 ta seansda namoyish qilingan. Unga qadar, Qozogʻiston kinoteatrlarida ham qoʻyilib, 2 haftada 2,24 million dollar mablagʻga ega boʻlgan.
11-aprel kuni Rossiyada ham filmning maxsus taqdimoti boʻlib oʻtgan. 18-apreldan boshlab, mamlakatdagi kinoteatrlar ekrani yuzini koʻra boshlagan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q