Yunusobod tumanidan oʻtgan Kichik halqa avtomobil yoʻlining bir tomoni 7 kunga yopiladi

Saqlash
15:20 / 19.04.2024 1797 0

“KHAYning bir qismi yopiladi”, deb xabar berdi Toshkent shahar hokimligi.

 

Maʼlum boʻlishicha, 2024–2025-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish maqsadida Yunusobod tumanining Kichik halqa avtomobil yoʻlidan oʻtgan 260 metr uzunlikdagi eskirgan issiq suv tarmogʻida taʼmirlash ishlari olib boriladi.

 

Shu munosabat bilan, birinchi bosqichida, KHAY(Kichik halqa avtomobil yoʻli)ning Turkqoʻrgʻon koʻchasi bilan kesishmasidan Adham Rahmat koʻchasigacha boʻlgan harakat yoʻnalishining bir tomoni 2024-yil 19-aprel kunidan boshlab 7 kun muddatga yopiladi.

 

Harakat esa har ikki yoʻnalish uchun yoʻlning bir tomonidan amalga oshiriladi.

 

“Keltirilgan noqulaylik uchun uzr soʻragan holda, haydovchilarga shu vaqt oraligʻida aylanma yoʻllardan foydalanishni tavsiya qilamiz”, deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//