Oʻzbekistonlik koʻngillilar qoʻshni Qozogʻiston uchun insonparvarlik yordamini toʻpladi

Saqlash
00:21 / 19.04.2024 1983 0
Foto: 24 KZ

Oʻzbekiston aholisi bahorgi suv toshqinlaridan zarar koʻrgan qardosh Qozogʻistonliklar uchun insonparvarlik yordami yuborishni rejalashtirdi.

 

Ushbu tashabbus mahalliy bloger, faollar hamda Oʻzbekistonda istiqomat qiluvchi qozogʻistonliklar tomonidan taklif qilingan. Yuqori Chirchiq aholisi yuzlab litr oʻsimlik moyi va choyshablar toʻplamini yuborgan. Shuningdek, zarur buyumlar yigʻilayotgan markazga shishiriladigan qayiqlar, rezina etiklar va shaxsiy gigiyena buyumlarini keltirayotganlar ham bor.

 

Faollar pul mablagʻlari yigʻishni ham tashkillashtirgan boʻlib, jamgʻarma miqdori 60 millionga yetgan.

 

Nashr maʼlumotlariga koʻra, insonparvarlik yordami Qozogʻistonga juma kuni yuborilishi koʻzda tutilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//