Madaniyat
18-aprel kuni Dushanbe shahrida joylashgan Millat saroyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Tojikiston Respublikasiga davlat tashrifi doirasida ikki mamlakat madaniyat va sanʼat namoyandalariga Tojikiston va Oʻzbekiston Davlat mukofotlarini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.

Unda Imomali Rahmonning farmoni bilan oʻzbekistonlik bir guruh sanʼatkorlar faxriy unvonlar bilan taqdirlandi. Jumladan, Ogʻabek Sobirov, Munojat Yoʻlchiyeva, Ozodbek Nazarbekov va Yulduz Usmonovaga “Tojikiston xalq hofizi” mukofoti topshirildi. Yodgor Saʼdiyevga esa “Tojikiston xalq artisti” faxriy unvoni berildi.
Shu bilan birga, Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan bir guruh tojikistonlik madaniyat va sanʼat xodimlari ham taqdirlandi.

Xususan, Mirali Doʻstizoda, Ismoil Nazriyev, Furqat Saidov, Toʻlqin Tojiboyev, Rahmatullo Hoshimovga “Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti” unvoni topshirildi.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
112454
Jamiyat
95118
Jamiyat
91359
Jamiyat
76038
Jamiyat
//
Izoh yo‘q