Jamiyat
Maʼlum boʻlishicha, voqea shu yilning 13-aprelida Boʻstonliq tumani tibbiyot birlashmasida sodir boʻlgan.
Oʻsha kuni 29 yoshli ayol tugʻruq boʻlimiga yomon ahvolda kelgan. Ayolning tibbiy daftarida antibiotiklarga allergiyasi borligi haqida yozilgan boʻlsa-da, ukol qilingan. Natijada ayol betob boʻlib, intensiv terapiya boʻlimiga yotqizilgan va shu yerda komaga tushib qolgan.
Xabarga koʻra, ayolning 28 haftalik homilasi boʻlib, u birinchi farzandini kutayotgan boʻlgan.
Koʻrsatilgan tibbiy yordamga qaramay, ayol va uning tugʻilmagan bolasini saqlab qolishning iloji boʻlmagan. Ikkalasi ham vafot etgan.

Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani tibbiyot birlashmasi rahbari oʻrinbosarining maʼlum qilishicha, navbatchi hamshiraga nisbatan tegishli chora koʻrilmoqda va hamshira ishdan chetlatilgan.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
“Tergov harakatlari Toshkent viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan”, deyiladi xabarda.
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
Madaniyat
109962
Jamiyat
94287
Jamiyat
90140
Jamiyat
73401
Jamiyat
//
Izoh yo‘q