Jamiyat
Maʼlum boʻlishicha, Jizzax viloyatida aliment taʼminotini toʻlashdan boʻyin tovlab kelgan 23 nafar fuqaro Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 47-prim 4-moddasiga asosan javobgarlikka tortilgan, deb xabar berdi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi boshqarma prokurori Farrux Rahmatullayev.
Shuningdek, xabarda joriy yilning 1-choragi davomida Majburiy ijro byurosi Paxtakor tumani boʻlimi tomonidan 761 mln. soʻm aliment qarzdorliklari undirib olingani yozilgan.
“Aliment bu qarz emas, balki farzandning u voyaga yetganga qadar beriladigan taʼminotidir. Buni bajarish esa, har bir ota-onaning burchidir”, deyiladi xabarda.
Maʼlumotga koʻra, oʻtgan davr mobaynida 16 nafar ish bilan band boʻlmagan aliment toʻlovchi shaxs doimiy ish bilan taʼminlangan, 13 ta oila esa yarashtirilgan.
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jahon
Siyosat
Siyosat
111060
Jamiyat
94515
Jamiyat
90459
Jamiyat
74534
Jamiyat
//
Izoh yo‘q