Oʻzbekiston Mudofaa vazirligining Kichik mutaxassislar tayyorlash markazida NATO mutaxassislari mashgʻulotlar oʻtkazmoqda

Saqlash
15:44 / 18.04.2024 1972 0
Foto: Mudofaa vazirligi

Mudofaa vazirligining xabariga koʻra, NATO mutaxassislari Oʻzbekiston armiyasi harbiy xizmatchilari uchun oʻquv-mashgʻulotlarini oʻtkazmoqda.

 

Darslar asosan, 16-18-aprel kunlariga moʻljallangan boʻlib, Mudofaa vazirligining Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazida olib boriladi.

 

16-aprel kuni NATO delegatsiyasi Qurolli kuchlar markazining kichik mutaxassislar tayyorlash faoliyati, oʻquv materiallar bazasi hamda oʻquv xonalaridagi sharoit bilan tanishgandi.

 

Maʼlumot uchun, NATO (North Atlantic Treaty Organization) – Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti sanaladi. Tashkilotga 1949-yil AQSH tomonidan Yevropa, AQSH, Kanada va boshqa mamlakatlar birlashgan dunyodagi eng yirik harbiy va siyosiy jamlanma – «Yevropani tashqi taʼsirlardan himoya qilish» maqsadida asos solingan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//