Yosh bolalarga beriladigan sirop dorixonalardan yigʻishtirib olinmoqda

Saqlash
23:06 / 17.04.2024 1438 0

“Rinotin kids” mahsulotining ruxsatnomasi bekor qilindi, deb xabar berdi Sanitariya-epidemiologiya qoʻmitasi.

 

 

Maʼlum boʻlishicha, Sanepidqoʻmita mutaxassislari tomonidan qonun doirasida oʻrganish ishlari olib borilib, aholi orasida ovqatdan zaharlanish holatlarini kelib chiqishining oldini olish maqsadida sirop mahsulotlariga berilgan ruxsatnomalar bekor qilingan.

 

Shu bilan birga, “CYNERGY PHARMCO” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga respublika hududlaridagi barcha savdo tarmoqlari hamda dorixonalardagi “Rad Gida Laboratuvarive Ilac Sanayi Ticaret Limited” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan “Rinotin kids” sirop mahsulotlarini qaytarib olish topshirigʻi berilgan hamda ijrosi nazorat olingan.

 

Maʼlumot uchun, bugungi kun holatiga koʻra korxona tomonidan 28 ta dorixonalardan mahsulotlar qaytarib olingan.

 

“Mazkur holat yuzasidan profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda”, deyiladi xabarda.

 

Shuningdek, qoʻmita fuqarolarni biologik qoʻshimchalarni xarid qilishda hushyor boʻlishga chaqirmoqda.

 

“Hurmatli fuqarolar biologik qoʻshimchalarni xarid qilishdan avval ularning xavfsizligi tekshirilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Sanepidqoʻmitaning sanepid.uz saytiga joylashtirilgan elektron katalog orqali tekshirib olishingizni tavsiya qilamiz”, deb yoziladi Sanepidqoʻmita xabarida.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//