Jamiyat
Fuqarolik ishlari boʻyicha Qoʻqon tumanlararo sudining buyrugʻiga asosan qarzdor fuqaro M.Xamidovdan undiruvchi R.Xamidova foydasiga bir nafar farzandining moddiy taʼminoti uchun aliment undirilishi belgilangan.
Ijro hujjati boʻyicha qarzdor M.Xamidov shu kunga qadar aliment pullarini kam miqdorda toʻlab kelganligi oqibatida qarzdorlik 34 mln. soʻmga yetgan.
Bunga esa u mablagʻi yoʻqligini sabab qilib koʻrsatgan. Garchi MIB xosimi tomonidan bir necha marotaba ogohlantirilgan boʻlsa-da, bahonalari tugamagan.
Shundan soʻng, davlat ijrochisi qarzdor M.Xamidovga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 47-4-moddasiga asosan maʼmuriy javobgarlikka doir ish hujjatlarini toʻplab, sudga taqdim qilgan.
“Sud zalida maʼmuriy qamoq jazosi haqida yetarlicha tushunchalarga endigina ega boʻlgan qarzdor 34 mln soʻm naqd pulni juda tez va osongina topa qoldi”, deyiladi xabarda.
Shu tariqa aliment toʻlovchi shaxsdan bir necha oylar davomida toʻlanmasdan kelinayotgan aliment pullari toʻliq undirib olingan.
Jahon
Iqtisod
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q