Jamiyat
Bosh prokuratura matbuot kotibi Xayot Shamsutdinovning maʼlum qilishicha, voqea 3 kun oldin, 14-aprel kuni boʻlib oʻtgan.
Oʻsha kuni Yangihayot tumani IIB XPB profilaktika inspektorlari bir xonadonda janjal boʻlayotganligi haqidagi xabarga aniqlik kiritish maqsadida yetib kelishadi.
Shu payt, xonadon egasi mast holda xizmat vazifasini bajarayotgan ichki ishlar xodimlariga qarshilik koʻrsatib, profilaktika inspektorlarining biriga koʻkrak qafasiga oshxona pichogʻi bilan bir marotaba urib, tan jarohati yetkazadi.
“Tan jarohati olgan profilaktika inspektori shifoxonaga olib borilgan va unga tibbiy yordam koʻrsatilgan”, deyiladi xabarda.
Aytilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 105 (Qasddan badanga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish) va 219 (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik koʻrsatish) moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q