Aliment toʻlashdan qochib yurgan ota ushlandi

Saqlash
17:10 / 17.04.2024 1102 0

Maʼlum boʻlishicha, holat Xorazm viloyatida boʻlib oʻtgan.

 

Xabarga koʻra, Fuqarolik ishlari boʻyicha Bogʻot tumanlararo sudining buyrugʻiga asosan, undiruvchi U.A.ning tarbiyasidagi ikki nafar voyaga yetmagan farzandlari taʼminoti uchun qarzdor O‘.J.ning har oydagi jami daromadining 1/3 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.

 

Mazkur ijro hujjati Byuroning Xiva tumani boʻlimi ish yurituviga olingan va ijro harakatlariga kirishilgan.

 

Olib borilgan ijro harakatlari davomida boʻlim xodimlari tomonidan qarzdorga aliment toʻlovlarini oʻz vaqtida toʻlamaslik oqibatlari haqida tushuntirish berilib, ogohlantirilgan.

 

Ammo qarzdor ota voyaga yetmagan farzandlari uchun aliment pullarini qasddan toʻlamay, qochib yurgan. Shu sababli qarzdor O‘.J.ga nisbatan qidiruv eʼlon qilingan.

 

“Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida qarzdor Oʻ.J topilib, shu kunning oʻzida 31,2 mln soʻm aliment pullari undirildi”, deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//