Jamiyat
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarovning Janubiy Koreyaga amaliy tashrifi boshlandi, deb xabar berdi Dunyo.
Xabarga koʻra, tashrifdan maqsad Janubiy Koreyada boʻlib turgan vatandoshlarimizga muqaddas Islom dinining asl mohiyati toʻgʻrisida maʼlumotlar berish va ularning diniy-maʼrifiy savodxonligini yanada oshirishdir.

Shuningdek, tashrif dasturida Koreya Musulmonlar federatsiyasi (Korea Muslim Federation) rahbariyati bilan uchrashuv, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi bilan Koreya musulmonlar federatsiyasi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida memorandumni imzolash, ushbu mamlakatda istiqomat qilayotgan vatandoshlar uchun diniy-maʼrifiy mavzuda maʼruzalar tashkil etish ham rejalashtirilgan.
Maʼlumot uchun, bu Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisining Janubiy Koreyaga ilk tashrifidir.
Safar 18-aprelga qadar davom etadi.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
112431
Jamiyat
95091
Jamiyat
91311
Jamiyat
76010
Jamiyat
//
Izoh yo‘q