Jamiyat
Kunikecha Chilonzor tumani Katta Hirmontepa koʻchasi 48-uy qarshisida svetoforning taqiqlovchi qizil chirogʻida toʻxtab turgan “Cobalt” rusumli avtomobil ortidan kelgan “Tez yordam” avtomashinasiga qoidani buzib boʻlsa-da, yoʻl bergan. Bu haqida SSV xabar berdi.
Xabarga koʻra, oradan ikki kun oʻtgach, uning yashash manziliga jarima qogʻozi borgan.
“Maxsus baza orqali tekshirilganda ushbu fuqaro oʻz avtotransport vositasida svetoforning taqiqlovchi qizil chirogʻida toʻxtab turgan vaqt “Tez yordam” avtomashinasiga yoʻl bergani aniqlandi. Shu sababli holat oʻrganilib, haydovchi qoidani buzgan boʻlsa ham jarima jazosi oʻrnatilgan tartibda bekor qilindi. Shuningdek, oʻz fuqarolik burchini vijdonan bajargan ushbu fuqaro boshqarmamiz tomonidan taqdirlandi”, — deydi Toshkent shahar Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot kotibi Qahramon Xudoyberganov.
Sogʻliqni saqlash vazirligining xabarida yozilishicha, koʻp hollarda baʼzi haydovchilar “103” avtomashinasi chaqiruv signalini yoqib tursa-da, bunga parvo qilmaydi. Ayrim fuqarolar esa “Tez yordam”ga yoʻl bersa, jarima qogʻozi kelishidan xavfsiraydi. Vaholanki, qonunchilikka koʻra, maxsus imtiyozli avtomashinalarga taqiqlangan belgida yoʻl bergan shofyorlar jarimaga tortilmaydi.
““Tez yordam” mashinasi qaysidir yurtdoshimizning hayotini saqlab qolish, dardiga malham boʻlish uchun shifoxonaga shoshayotgan boʻlishi mumkin”, deyiladi xabarda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q