Jamiyat
Prezident Sayxunobod tumani Paxtakon mahallasida yashovchi mirishkor bogʻbon Tursunboy ota Aripovga Tracker avtomashinasini sovgʻa qildi. Bu haqida OʻzA xabar berdi.
Otaxon mehnat faoliyatini 15 yoshida kolxozda suvchilikdan boshlagan. Keyinroq tumanda tashkil etilgan boʻrdoqichilik chorva fermasida 40 yil mehnat qilgan.
Hozirda uzumning “abatar” navini payvand qilgan Tursunboy ota 2011-yildan tomorqasida uzumchilik bilan shugʻullana boshlagan.
“Prezidentimizning tumanimizga tashrifi mening hayotimda eng baxtli, esda qolarli kun boʻldi. Tashrif chogʻida Yurtboshimiz menga Tracker avtomashinasini sovgʻa qildi. Keyin mahalladagi uzum yetishtiruvchilarga murabbiylik qilishimni aytdi. Ishonsangiz, haligacha hayajonim bosilgani yoʻq. Xushxabarning qoʻshqanoti boʻladi, deganlaridek, mahalla- koʻy, tumanimiz, viloyatimiz, qolaversa, vodiydagi qarindoshlar, doʻst-birodarlarning tabriklari ogʻushida yashayapman. Fargʻona vodiysining Oltiariq tumanidagi Uzumchi mahallasi singari endi bizning mahalla aholisi ham uzumchilik bilan shugʻullanadi. Hamqishloqlarimga bu borada qoʻlimdan kelganicha xizmat qilaman”, degan otaxon intervyu davomida.
Ayni kunlarda otaxonning hovlisi uzumchilikka qiziqqan bogʻbonlar bilan gavjum. Prezidentimizning sovgʻasi minglab odamlarni, ayniqsa, yoshlarni mehnatga ruhlantirmoqda, deyiladi xabarda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q