Jamiyat
Elektr va issiqlik energiyasini behuda sarflaganlik uchun javobgarlik mavjud, deb yoziladi “Oʻzenergoinspeksiya” xabarida.
Maʼlum boʻlishicha, joriy yilning shu vaqtiga qadar isteʼmolchilarni energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bogʻliq huquqbuzarlik boʻyicha 1 ming 858 ta maʼmuriy ish rasmiylashtirilgan.
Ochiqlanishicha, ushbu aniqlangan holatlarning 247 tasi elektr va issiqlik energiyasini behuda sarflash bilan bogʻliq qoidabuzarlik ekan.
Xabarda, inspeksiya elektr va issiqlik energiyasini behuda sarflash, yaʼni elektr dvigatellaridan, elektr pechlari va boshqa elektr hamda issiqlik uskunalaridan muntazam ravishda, ishlab chiqarish zarurati boʻlmagan holda toʻliq foydalanmaslik yoki ularni bekorga ishlatib qoʻyish (kunning yorugʻ vaqtida chiroqlarni yoqib qoʻyish), yoritish uchun elektr energiyasidan xoʻjasizlarcha foydalanish holatlari uchun javobgarlik mavjudligini eslatib oʻtgan.
Maʼlumot uchun, bu kabi qoidabuzarlik uchun mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarima solinadi.
Bunda, jarima 1 mln 700 mingdan 5 mln 100 minggacha boʻlgan summani tashkil etishi mumkin.
Shuningdek, agar xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, mansabdor shaxslardan BHMning 15 baravaridan 30 baravarigacha miqdorda jarima undirib olinadi. Bu esa 5 mln 100 ming soʻmdan 10 mln 200 ming soʻmgacha pul mablagʻi deganidir.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q