Jamiyat
Munosabatga koʻra, tarqalgan videoxabar yuzasidan Fargʻona viloyati IIB oʻrganish ishlari olib borgan.
Maʼlum boʻlishicha, holat joriy yilning 1-aprel kuni Toshloq tumani, “Sadda” MFYda joylashgan 25-sonli maktabida sodir boʻlgan,
Unda maktab oʻqituvchisi M.O va fuqaro A.X. oʻrtasida oʻzaro kelishmovchilik sabab janjal kelib chiqqan.
Janjal davomida A.X. M.O.ni qoʻli bilan urib, unga tan jarohati yetkazgan.
Hozirda M.O.ning olgan tan jarohatini ogʻirlik darajasini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan hamda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
“Holat viloyat IIB tomonidan nazoratga olingan. Yakuniga koʻra qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi”, deyiladi xabarda.
Oldinroq oʻqituvchi oʻquvchisining qarindoshlari tomonidan kaltaklangani haqida xabar berilgan edi.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Sport
109818
Jamiyat
94186
Jamiyat
90007
Jamiyat
73199
Jamiyat
//
Izoh yo‘q