Bu yil qancha fuqaro shilqimlik qilgani uchun javobgarlikka tortilgani ochiqlandi

Saqlash
19:35 / 13.04.2024 1400 0

Maʼlum boʻlishicha, joriy yilning 1-choragida Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 41-1-moddasi (shahvoniy shilqimlik qilish) bilan 318 nafar shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortilgan boʻlib, ularning 97 nafariga jarima jazosi, 221 nafariga esa maʼmuriy qamoq jazosi belgilangan.

 

Bundan tashqari, 4 343 nafar shaxs Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 59-2-moddasi (oilaviy (maishiy) zoʻravonlik) bilan maʼmuriy javobgarlikka tortilgan. Shundan ularning 2 344 nafariga jarima jazosi, 1 999 nafariga esa maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.

 

Shuningdek, 134 nafar shaxs Jinoyat kodeksining 126-1-moddasi (oilaviy (maishiy) zoʻravonlik) bilan sudlanib, ularning 51 nafari ozodlikdan mahrum qilingan. 83 nafariga esa ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolar qoʻllanilgan.

 

Qoʻshimchasiga, 40 nafar shaxs 141-3-moddasi (shaxsning shaʼnini va qadr-qimmatini kamsituvchi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi maʼlumotlarni oshkor qilish) bilan sudlanib, ularning 13 nafariga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 27 nafariga esa ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolar tayinlangan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//