Oʻquvchisini urgan oʻqituvchi qariyb 7 mln jarima toʻlaydigan boʻldi

Saqlash
20:54 / 09.04.2024 2412 1

Jizzax viloyati Zomin tumanida yashovchi D.M. dan murojaat kelib tushdi, deb xabar berdi Bolalar ombudsmani.

 

Xabarga koʻra, murojaatchi 7-sinf oʻgʻli O.T.ning yuziga oʻqituvchisi S.M. bir necha bor tarsaki urib, turli nomaqbul soʻzlar bilan haqorat qilgani boʻyicha shikoyat qilgan. Voqea 2023-yilning 26-dekabr kuni Zomin tumanidagi maktablardan birida boʻlib oʻtgan.

 

“Bolalar ombudsmani soʻrovi asosida Maktabgacha va maktab taʼlim vaziri mazkur holatni atroflicha oʻrgandi”, deyiladi xabarda.

 

Maʼlum boʻlishicha, holat Zomin tumani MMT boʻlimi tomonidan tekshirilib, mazkur umumiy oʻrta taʼlim maktab direktorining buyrugʻiga asosan S.M. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

 

Bundan tashqari, joriy yilning 23-yanvardagi jinoyat ishlari boʻyicha Zomin tuman sudida oʻqituvchining harakatlariga huquqiy baho berilib, S.M. MJTKning 41-moddasi (Haqorat qilish) va 52-moddasidagi (Yengil tan jarohati yetkazish) holatlarni sodir etgan deb topilgan hamda unga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari miqdorida jarima jazosi belgilangan.

 

“Yana bir bor taʼkidlaymiz, taʼlim muassasalarida bolalarga nisbatan nomaqbul muomala va zoʻravonlik holatlari javobsiz qolishi mumkin emas”, deyiladi xabarda.

1 Izoh

Sirojiddin

22:04 / 09.04.2024

Oʻzidan oʻzi oʻqituvchi bolalarni urmaydi. Qandaydir ayb ish qilgan yoki shaxsiyatiga tekkan

Izoh qoldirish

//