Jamiyat
Bugun, 8-aprel kuni ikkita hokimlikka yangi rahbarlar tayinlandi.
Jumladan, Jizzax viloyati Arnasoy tumani hokimligiga Musanov Odil Olimovich nomzodi tasdiqlandi.
Bunga qadar u Jizzax viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari vazifasini bajaruvchisi boʻlib faoliyat olib borgan.
Shuningdek, Toshkent viloyati Parkent tumani hokimi Sardor Isakulov boʻldi.
Isakov 2006-yili Markaziy magistral elektr tarmoqlari elektroenergiyasi uzatilishini hisoblash boʻlimida elektr montyori vazifasidan boshlagan. Shu bilan birga, Energetika vazirligida masʼul vazifalarda ham ishlagan.
Lavozimga tayinlangunga qadar u “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ boshqaruv raisining ishlab chiqarish, mahalliylashtirish, koperatsion aloqalarni kengaytirish boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
111835
Jamiyat
94677
Jamiyat
90670
Jamiyat
75333
Jamiyat
//
Izoh yo‘q