Jamiyat
2022-yilda Oʻzbekiston aholining mobil telefonlar bilan taʼminlanishi boʻyicha Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi tashkiloti tarkibiga kirgan davlatlar orasida birinchi oʻrinni egallagan, deb xabar berdi MDH Xalqaro statistika qoʻmitasi.
Tahlilga koʻra, bundan taxminan 2 yil oldin har 100 ta oʻzbek oilasiga 309 ta telefon toʻgʻri kelgan. Yaʼni, bu 2022-yilda har 1 ta oilada 3 ta telefon bor edi degani.
Mazkur statistik maʼlumotda Qozogʻiston 2-oʻrindagi davlat deb koʻrsatilgan. 2022-yilda har 100 ta qozoq oilasida 264 ta telefon boʻlgani aytiladi.
Rossiyada esa har 100 ta oilaga 248 ta, Qirgʻizistonda esa 245 ta telefon toʻgʻri kelgan.
Maʼlum boʻlishicha, bu maʼlumotlar MDH Davlatlararo statistika qoʻmitasining “Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlarida aholi, bandlik va turmush sharoiti 2022” toʻplamida eʼlon qilingan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
2 Izohlar
Rajabov Abdurashid
20:04 / 08.04.2024
Yamonku bolani kitob õqitish kerak yoshlarni kitobxon qilishimiz kerak õshanga chora tadbirlar va maktablarga hitoxonlikni va tanlovlarni oshirish kerak yomon gapirgan bõlsam uzur sõrayman hamalarizda
Dildora
16:04 / 08.04.2024
Biz o'zbeklar shunchaki yondashmaymiz. Bir yopishsak,òlgudek yopishamiz. Bir kuni shu telefon o'rniga kitobga yopishib,yana dunyoda e'tirof etilishni maqsad qilsak,MDH davlatlarining hammasini orqada qoldirsak,deb niyat qilib qolamiz.