8–14-aprel kunlari “Xon atlas” haftaligi oʻtkaziladi

Saqlash
22:33 / 05.04.2024 2464 0

Zamonaviy milliy liboslarning namunalarini yaratish uchun tadbirkorlarni jalb qilish hamda milliy kiyinish madaniyatini keng targʻib etish va ommalashtirish maqsadida joriy yilning aprel-may oylarida “Nafosat” koʻrik tanlovi oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda. Mazkur tadbir respublika boʻylab oʻtkaziladi.

 

Tanlovda 18 yoshdan yuqori boʻlgan, oʻz dizaynerlik faoliyatiga hamda mazkur sohada kamida 1 yillik tajribaga ega boʻlgan, tashabbuskor, havaskor, professional dizaynerlar qatnashishi mumkin.

 

Tanlov 3 bosqichda oʻtkazilishi maqsad qilingan:

1-bosqich – mahalla bosqichi(15–25-aprel kunlari);

2-bosqich – tuman-shahar bosqichlari(25-apreldan 5 mayga qadar);

3-bosqich – viloyat bosqichi(5–15 may kunlari) tarzida.

 

Shuningdek, ushbu koʻrik tanlov doirasida joriy yilning 8-14 aprel kunlari yurtimiz boʻylab “Xon atlas” haftaligi ham oʻtkaziladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//