Iqtisod
Maʼlumki, Qozogʻiston tashqi savdo hajmi boʻyicha Oʻzbekistonning 3 ta asosiy savdo sheriklaridan biri hisoblanadi. Ikki tomonlama tovar almashish esa erkin savdo rejimida amalga oshiriladi.
“Iqtisodiy sharh” jurnalining tahliliga koʻra, 2023-yilda Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi 4,4 mlrd dollarni tashkil etgan.
Mazkur qiymaning juda katta qismi Qozogʻistonning mamlakatimizga qilgan eksporti hissasiga toʻgʻri keladi.
Masalan, oʻtgan yili Oʻzbekiston Qozogʻistonga 1,4 mlrd dollarlik mol sotgan(eksport). Aynan shu davlatdan import qilish(sotib olish) qiymati esa 3 mlrd dollar boʻlgan. Bu esa oʻrtada tovar ayirboshlash hajmining taxminan 2/3 qismi Qozogʻiston, qolgan 1/3 qismi esa Oʻzbekistonga toʻgʻri kelishini anglatadi.
Tahlilda 2023-yil davomida Oʻzbekiston Qozogʻistonga asosan mashina va uskunalar, sanoat tovarlari, oziq-ovqat va kimyo mahsulotlarini eksport qilgani aytiladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q