Jamiyat
Maʼlum boʻlishicha, Toshkent shahridagi “U.M.” jamoat fondi mansabdor shaxslari tomonidan Chilonzor tumanidagi XVI asrga oid Abdulqosim Eshon madrasasi arxitektura yodgorligi ichki qismiga oʻzboshimchalik bilan hojatxona qurilgani hamda kommunikatsiya tarmoqlari oʻtkazilgani aniqlangan. Buning oqibatida yodgorlikka 65,6 mln. soʻm zarar yetkazilgan.
Foto: the_bakiroo | X
Prokuratura organlari tomonidan Madaniy meros agentligi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida aniqlangan mazkur holat boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Ammo bu nazorat tadbirida aniqlangan yagona qonun buzilishi emas.
Xabarga koʻra, Namangan shahrida ham XIX asrga oid arxitektura yodgorligiga qasddan zarar yetkazilgan. Unda MCHJ rahbari O.A. va boshqalar tomonidan hududdagi “Sirli masjid” arxitektura yodgorligining qadimiy ganchkor uslubdagi kirish darvozasi va minorasi toʻliq buzib tashlangan. Natijada yodgorlikka 554,4 mln. soʻm zarar yetgani maʼlum boʻldi.
Andijon shahrida esa fuqaro M.K. tomonidan XX asrga oid Yunusxoji masjidi arxitektura yodgorligining 113,7 m3 qismi buzib yuborilib, yodgorlikka 801,5 mln. soʻmlik zarar yetkazilgani ochiqlandi.
Afsuski, bunday madaniy meros obyektlaridan foydalanuvchilar har doim ham yodgorliklarni asrash choralarini koʻrmay, oʻz manfaati uchun foydalanayotgani kishining dilini xira qiladi.
Bosh prokuraturaning maʼlumotiga koʻra, aniqlangan holat yuzasidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda, deyiladi xabarda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q