Jamiyat
Respublikamiz hamda qoʻshni davlatlar fuqarolariga internet ijtimoiy tarmoqlari orqali pul mukofoti evaziga savdo va koʻngilochar markazlar, maktablar va boshqa jamoat joylarini minalashtirish taklif qilingan xabarlar kelib tushmoqda, deb xabar berdi Ichki ishlar vazirligi.
Xabarga koʻra, bu kabi provokatsion xabarlar asosan Telegram messenjeri orqali yuborilib, unda nomaʼlum shaxslar turli miqdorda pul toʻlash, qurol-yarogʻ bilan taʼminlash va harakatlar rejasini yuborishga vaʼda bermoqda. Mazkur harakatlarga berilgan rad javoblarini esa eʼtiborga olmayapti.
Maʼlum boʻlishicha, yovuz niyatli shaxslarning xabarlari koʻp hollarda bolalarga yuborilmoqda. Shuningdek, oʻzlarining fotosuratlari va raqamlarini yashirgan holda faoliyat yuritayotgan provokatorlar bolalarning shaxsiy maʼlumotlari orqali ularni qoʻrqityapti.
“Hurmatli fuqarolar! Agarda sizga bu kabi xabarlar kelib tushsa, vahimaga tushmang va ularni ochiq chatlar, tanishlaringiz va doʻstlaringizga yubormay. Darhol “102” raqamiga qoʻngʻiroq qilib, ichki ishlar organlariga xabar bering. Xabar yuboruvchilarni bloklang va ular bilan yozishma va suhbatga kirishmang”, deyiladi xabarda.
Qoʻshimcha qilinishicha, firibgarlar jamoatchilik orasida vahima uygʻotish uchun bu kabi xatti-harakatlarni amalga oshirmoqda. Respublika huquq-tartibot organlari esa xavfsizlikka boʻlgan har qanday tahdidlarni bartaraf qilish borasida oʻz vakolatlari doirasida barcha choralarni koʻrmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q