Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda tanilgan Mirjon Rashidov joriy yilning 2-aprel kuni Buxoro shahrida goʻyoki sevgan qiziga kutilmagan sovgʻa qilish bahonasida suratga olgan video lavhasida oʻzi boshqaruvda boʻlgan KIA rusumli avtomashinasini oqimga qarshi boshqarib, qoʻshimchasiga sidirgʻali chiziqni bosib, amaldagi yoʻl harakati qoidasini buzgan. Mazkur videolavha uning ijtimoiy tarmoqdagi Instagram sahifasiga joylangan.
Holat viloyat IIB Yoʻl xavfsizligi boshqarmasi inspektorlari tomonidan zudlik bilan oʻrganilib, qoidabuzar aniqlangan. Vaynerga qonuniy jazo koʻrilib, avtomobili jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Mirjon Rashidovning aytishicha, bunday harakatlanishni oʻzi ham qoidabuzarlik deb bilmagan va eʼtiborga olmagan.
“Men bilmagandim. Toʻgʻrisi. Bu “palasa” bor-yoʻqligini. Nimagaki, “parkovka” deb hisobladim u yogʻini. Qanaqadir “palasa” chizilganligini “vapshe” bilmadim. “Kommentariya”dan oʻqidim”, degan vaynerning oʻzi.
Xabarda taʼkidlanishicha, afsuski vaynerning kuzatuvchilari u olayotgan ayrim kontentlar yoʻl harakati bilan bogʻliq ekanini, aksariyat hollarda vayner bu kabi qoida buzarliklarga yoʻl qoʻyib turishini yaxshi bilishadi. Masalan, Rashidov avtomobil ishtirokida oladigan vaynlarida xavfsizlik kamaridan umuman foydalanmaydi.
Maʼlum boʻlishicha, uning bu safargi qoida buzishi navbatdagisi, xolos. Chunki tekshiruvlar natijasida Mirjon Rashidovning hisobida 10 ta qoida buzarlik va toʻlanmagan jarimalar borligi aniqlangan.
Oldinroq Buxoroda vaynerlar qamalgani haqida xabar berilgan edi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q