Jamiyat
Amir Temur shoh koʻchasining 6 kilometr qismida joylashgan eskirgan qiyofadagi 3-4 qavatli 8 ta davlat idoralarining binolari qayta quriladi. Bu haqida Xalq deputatlari Toshkent shahri kengashining navbatdan tashqari sessiyasida maʼlum qilindi.
Maʼlum boʻlishicha, mazkur binolarda yerosti avtoturargohi bor koʻp qavatli savdo, xizmat va ovqatlanish obyektlari, ofis va mehmonxonalar joylashadi. Bu bilan tadbirkorlar va yangi ish oʻrinlari sonini koʻpaytirish maqsad qilingan.
Shunday loyihalarni bank filiallari oʻrnida hamda davlat tashkilotlari egallab turgan 24,5 gektar negizida ham amalga oshirish mumkinligi aytildi.
Bundan tashqari, yigʻilishda Prezident yirik bozorlarni qavat-qavat usulda kengaytirish, Yunusobod kichik sanoat zonasidagi binolarni 3-4 qavat qilib qayta qurish hisobiga qoʻshimcha maydonlarni hosil qilish imkoniyatlari haqida gapirgan.
Shu maqsadda, Vazirlar Mahkamasiga unumli foydalanilmayotgan davlat obyektlarini xatlovdan oʻtkazib, ularni oʻrnida sanoat va xizmatlarda yuqori daromadli ish oʻrni yaratadigan loyihalarni joylashtirish dasturini tasdiqlash topshirilgan.
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jahon
Siyosat
Siyosat
111060
Jamiyat
94515
Jamiyat
90459
Jamiyat
74534
Jamiyat
//
Izoh yo‘q