Metroga tushish narxi 3 000 soʻm boʻladimi?

Saqlash
16:01 / 03.04.2024 1286 0

Transport vaziri Ilhom Mahkamov Toshkent jamoat transportida naqd pul bilan toʻlov narxini 3000 soʻmgacha oshirish rejasi borligini aytdi, deb xabar berdi Gazeta.

 

Bu boʻyicha vazir 29-mart kuni Toshkentda oʻtkazilgan “Avtomobilsiz kun”ida "Gazeta.uz" muxbiri bilan boʻlgan suhbatda maʼlum qilgan.

 

Xabarga koʻra, naqdsiz toʻlovlar miqdori 1700 soʻm holida oʻzgarishsiz qoladi. Bu bilan elektron toʻlovga oʻtishni tezlashtirish maqsad qilingan.

 

“Toʻlov hozir naqd pulda 2000 soʻm boʻlsa, kartochka bilan — 1700 soʻm. Lekin bari-bir ham tafovutini koʻpaytirmoqchimiz. Naqd pul bilan toʻlov narxini qimmatroq qilmoqchimiz”, — degan vazir.

 

Ilhom Mahkamov oʻzi rahbarlik qilayotgan vazirlik naqd pul bilan qilinadigan toʻlovlar miqdorini oshirish tashabbusi bilan chiqmoqchi ekanini bildirar ekan, buning natijasida haydovchilar tez haydamasdan, pul yoki chet talashmasdan harakat qilishini taʼkidlagan.

 

“Bizda hozir eng katta muammo haydovchilar bilan bogʻliq: haydovchilarning harakatlanishda texnik xavfsizlikka rioya qilishi, tez haydashlari. Diqqatini pulga, chetga qaratadi. Brutto shartnomalar joriy etib, haydovchilarni pul yigʻimidan, kunlik rejadan mutlaqo chetlashtiryapmiz”, degan Mahkamov suhbat davomida.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//