Germaniya ajratgan 2 500 yevrolik ish oʻrinlariga hali ham nomzodlar yetmayapti

Saqlash
23:01 / 02.04.2024 1788 0

Maʼlum boʻlishicha, Bandlik vazirligi 1 oy oldin Germaniyada temirchilik mashina ustasi yoʻnalishida 5 000 ta boʻsh ish oʻrni mavjudligi haqida “Xorijda ish” dasturiga eʼlon joylashtirgan. Ammo oradan shuncha vaqt oʻtsa ham, haligacha yetarlicha nomzod yigʻilmagan.

 

Jumladan, mazkur yoʻnalish uchun 5000 ta joy ajratilgan boʻlsa, unga qiziqish bildirganlar 1 241 nafar, yaʼni, bunda ish oʻrnining qarib 5 dan 3 yarim qismi boʻsh.

 

 

Temirchilik mashina ustasi yoʻnalishi uchun batafsil maʼlumot quyidagicha:

◽️ Tashkilot manzili: Germaniya, Antonstrasse 21, 72488 sigmaringen, federal republic of germany;

◽️ Ish joyi: Germaniya;

◽️ Ish turi: Doimiy;

◽️ Ish vaqti: Haftada 40 soat (5/2, haftada 5 kun ish);

◽️ Ijtimoiy himoya, tibbiy sugʻurta: Taqdim etiladi;

◽️ Turar joy: Mavjud emas;

◽️ Jinsi: Ahamiyatsiz;

◽️ Yoshi: 18 yoshdan 40 yoshgacha;

◽️ Ish faoliyati: 1 yil;

◽️ Ish tajribasi: Malakali;

◽️ Taʼlim darajasi: Oʻrta-maxsus;

◽️ Sinov muddati: 3 oy;

◽️ Bilim va koʻnikmalari: diplom va tajriba, kamida B1 darajali nemis tili sertifikati.

 

Maʼlumot uchun, ushbu manzil orqali roʻyxatdan oʻtish mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//