Endi uy qamogʻidagi shaxslar elektron braslet taqadi

Saqlash
19:53 / 02.04.2024 1215 0

Maʼlum boʻlishicha, Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi masalalari ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazida davlat buyurtmasi asosida elektron braslet yaratgan.

 

Uning dasturiy taʼminoti ishlab chiqilgan boʻlib, respublikaning 14 ta hududida allaqachon sinovdan oʻtkazilgan. Endilikda uni amaliyotga joriy etish boshlanmoqda.

 

Hukumat qarori loyihasiga koʻra, uy qamogʻi ehtiyot chorasi va ozodlikni cheklash jazosi qoʻllangan shaxslar ehtiyot chorasi va jazoni ijro etish joyida real vaqtda boʻlishini taʼminlash maqsadida ularga ana shunday elektron braslet taqiladi. Bu bilan ularni masofaviy nazorat qilish koʻzlangan.

 

Mazkur amaliyot 2024-yilda bosqichma-bosqich joriy etib boriladi. Jumladan, joriy etish tartibi quyidagicha:

 

1-maydan boshlab Andijon, Fargʻona va Namangan viloyatlarida;

1-iyundan boshlab Toshkent shahar, Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida;

1-avgustdan boshlab Jizzax, Navoiy va Buxoro viloyatlarida;

1-oktyabrdan boshlab Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida;

1-dekabrdan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//