Qaysi viloyatda osh arzon?

Saqlash
18:12 / 02.04.2024 1599 0

Statistika agentligi 2024-yil mart oyi uchun hududlardagi osh markazlarida sotilayotgan palovning oʻrtacha narxlarini eʼlon qildi.

 

Roʻyxatga asosan, 1 porsiya osh Fargʻona viloyatida oʻrtacha 21 600 soʻmdan sotiladi va bu respublika boʻyicha eng arzon narx hisoblanadi.

 

Toshkent shahrida esa osh ancha qimmat. Maʼlumotga koʻra, bir nafar osh shinavandasi 1 porsiya palovni poytaxtda oʻrtacha 30 ming soʻmdan qimmatroqqa sotib oladi.

 

Quyida hududlar kesimida 1 porsiya oshning oʻrtacha narxlari koʻrsatilgan:

 

◾️ Qoraqalpogʻiston R. – 24 300 soʻm;

◾️ Andijon viloyati – 24 400 soʻm;

◾️ Buxoro viloyati – 28 600 soʻm;

◾️ Jizzax viloyati –25 600 soʻm;

◾️ Qashqadaryo viloyati – 27 700 soʻm;

◾️ Navoiy viloyati – 24 200 soʻm;

◾️ Namangan viloyati – 19 900 soʻm;

◾️ Samarqand viloyati – 27 000 soʻm;

◾️ Surxondaryo viloyati – 25 800 soʻm;

◾️ Sirdaryo viloyati – 23 000 soʻm;

◾️ Toshkent viloyati – 25 000 soʻm;

◾️ Fargʻona viloyati – 21 600 soʻm;

◾️ Xorazm viloyati – 27 200 soʻm;

◾️ Toshkent shahri – 30 200 soʻm.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//