Jamiyat
Kunikecha Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 2023-yil yakunlari boʻyicha Ochiqlik indeksi natijalari eʼlon qilindi.
Maʼlumot uchun, ikkinchi bor eʼlon qilinayotgan Ochiqlik indeksi 84 ta baholash mezonidan tarkib topgan 8 ta indikator asosida shakllantirilib kelinmoqda. Indeksda samaradorlik koʻrsatkichlari boʻyicha 71 balldan 100 ballgacha toʻplaganlar — “yashil”, 55 balldan 71 ballgacha boʻlganlar — “sariq” va 55 balldan past koʻrsatkich qayd etganlar — “qizil” toifalarga kiritiladi.
Bu safargi baholashda jami 103 ta (2022 yilda – 86 ta) respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati qamrab olingan boʻlib, 2022-yildagi reytingda ularning soni 86 ta edi.
Maʼlum boʻlishicha, jadvalda 31 ta davlat organilari “yashil” (71-100 ball), 43 tasi “sariq” (55-71 ball) va 29 tasi “qizil” (55 balldan past) samaradorlik koʻrsatkichlari boʻyicha qayd etilgan.
Jumladan, “yashil”, yaʼni eng ochiq deb eʼtirof etilganlar ichida Statistika agentligi, Markaziy bank, Bojxona qoʻmitasi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi va yana bir nechta tashkilotlar oʻrin olgan.
Ochiqligi “sariq” deb baholanganlar orasida esa Adliya vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi ham bor.
“Qizil”, yaʼni deyarli ochiqlik qilmagan tashkilot va idoralar esa jami 29 ta boʻlib, ular orasida eng “mashhur”lari Maktabgacha taʼlim agentligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, FVV, Energetika vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Sport vazirligi, Kinematografiya agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hisoblanadi.
Oldinroq davlat idoralarining korrupsiyaga qarshi kurashishdagi pozitsiyasi baholangani haqida xabar berilgan edi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q