Jamiyat
Solixon domla Ortiqxoʻjayev 15 sutkaga qamaldi, deb xabar berdi "Kun.uz".
Maʼlum boʻlishicha, Toshkent shahar sudi Solixon Ortiqxoʻjayev Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 194-moddasi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topilganini maʼlum qilgan.
Maʼlumot uchun, 2022-yilning boshida Toshkent viloyati Zangiota tumani “Fath” jome masjidida imom noibi vazifasida ishlab kelgan Solixon Ortiqxoʻjayev ishdan boʻshatilgandi. Bunga internet tarmoqlaridagi keskin chiqishlari fuqarolarning, ayniqsa, Xorazm viloyatida istiqomat qiluvchilarning eʼtirozlari sabab boʻlgani aytiladi.
“Ijtimoiy tarmoqlarda Solixon domla nomi bilan tanilgan ushbu imom noibining internet tarmoqlaridagi keskin chiqishlari fuqarolar, ayniqsa, Xorazm viloyatida istiqomat qiluvchilarning eʼtirozlariga sabab boʻlgani qayd etilgan”, deyiladi xabarda.
“Daryo”ning toʻldirishicha, Solixon Ortiqxoʻjayev jamiyatda yurish turish qoidalarini qasddan mensimagan. Yaʼni, 30-mart kuni Sergeli tumani IIO FMB xodimlari va DXX xodimlari tomonidan jinoyatda gumon qilinib, qidiruvda boʻlgan fuqaro boʻyicha qidiruv ishlari olib borish davomida, tintuv oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarorga asosan, Solixon domlaning uyiga borilganida, xodimlarga nisbatan nosamimiy munosabatda boʻlgan.
Shuningdek, baqir-chaqir qilib, baland ovozda “terrorchi emasman, siyosatga qarshi emasman, jinoyatchi emasman” deb shovqin qilgan va mazkur xatti-harakati orqali shu yerdan oʻtib ketayotgan fuqarolarning tinchiligini buzgan. Bundan tashqari, IIO xodimlari tomonidan oʻziga tegishli boʻlgan telefon apparatini taqdim qilish soʻralganida, ularga telefon apparatini taqdim etmasdan, IIO xodimlarining qonuniy talablarini bajarmagan.
Sud majlisida u huquqbuzarlik harakatiga qisman iqrorlik bildirgan va haqiqatdan ham xonadoniga huquqni muhofaza qiluvchi xodimlar kelganligini, tintuv boʻyicha hujjatlari borligini aytib uyiga kirganini, IIO xodimlari uning qoʻl telefonini soʻraganida ularga qarshilik koʻrsatib, telefon apparati yoʻqligini bildirganini, ammo baqir-chaqir qilmaganini aytib, suddan unga nisbatan yengillik berishini soʻragan.
Sud qaroriga binoan Solixon Ortiqxoʻjayevga 15 sutkalik qamoq jazosi tayinlangan hamda 340 ming soʻm jarima toʻlashi belgilangan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q