Jamiyat
Hukumat qaroriga koʻra, 2024-yil 1-oktyabrgacha taʼlim sohasidagi atamalarning xalqaro darajada qabul qilingan atamalarga muvofiqligini taʼminlagan holda “Uzluksiz taʼlim tizimining izohli lugʻati” ishlab chiqiladi.
Shuningdek, davlat taʼlim standartlari, davlat taʼlim talablari, oʻquv reja va dasturlarini ishlab chiqishda quyidagilar inobatga olinadi:
▫️ tegishli taʼlim bosqichi yakunida taʼlim oluvchilarda shakllanishi lozim boʻlgan kompetensiyalarni davlat, jamiyat va mehnat bozori talablarini inobatga olgan holda belgilash;
▫️ taʼlim turlari uzluksizligi va uzviyligini taʼminlash, maqsad va vazifalarni taʼlim natijadorligiga yoʻnaltirish;
▫️ taʼlim oluvchilarda atrof muhitni asrab-avaylash va muqobil energiya manbalaridan samarali foydalanish masʼuliyatini shakllantirish.
Taʼlim natijalarining xalqaro miqyosda tan olinishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekistonda mavjud taʼlim turlari YUNESKOning ”Taʼlimning xalqaro standart tasniflagichi” darajalari bilan muvofiqlashtiriladi.
2024-yil 1-avgustgacha dts.uz – Davlat taʼlim standartlari va davlat taʼlim talablarining yagona ochiq muhokama portali ham ishga tushiriladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q