“Hurriyat” gazetasida Oyina.uz materiallaridan iborat sahifa chop etildi

Saqlash
18:03 / 28.03.2024 3593 0

“Hurriyat” gazetasi Oyina.uz portalining ziyolilar auditoriyasiga mo‘ljallangan sara maqolalaridan parchalarni bir sahifaga jamlab (2024-yil 27-martdagi 23 (1388)-soni), mushtariylariga taqdim qildi. Materiallar bilan batafsil tanishishni istaganlar uchun QR-kod tarzida link ham berilgan.

 

Gazeta sahifasidan:

 

O‘zbeklar O‘rta Osiyoning superetnosi bo‘lgan”;

 

“Partiyani titratgan masal”;

 

“Armonlarning yuki ezsa, kulib o‘laman”;

 

“Jurnallarning eng birinchisi va yaxshisi”;

 

“Rektor mutolaasi: Sherzodxon Qudratxo‘ja “Otamdan qolgan dalalar” romanini o‘qishni tavsiya qiladi” kabi maqolalardan iqtiboslar o‘rin olgan.

 

Ma’lumot o‘rnida: “Hurriyat” gazetasi muassisi O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi. Bosh muharriri – Abdurasul Jumaqulov. Gazeta hozirda A-2 formatda, 4 006 nusxada chop qilinmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish