Jamiyat
Maʼlumki, bugun Toshkent shahrida kuchli shamol kuzatilmoqda. Yogʻingarchilik ham boshlangan.
Ijtimoiy tarmoqlarda daraxtlarning qulab tushishi haqidagi xabarlar tarqalmoqda. Buning oqibatida toʻxtab turish joylaridagi avtotransport vositalari zarar koʻrmoqda. Elektr simlarining uzilishi natijasida koʻplab xonadonlar chiroqsiz qolgan.
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda, shuningdek, fuqarolarning xavfsizligi yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi kuchli shamol vaqtida quyidagi xavfsizlik choralarini koʻrish kerakligini maʼlum qildi:
▫️ yashash joylarida eshik-derazalar, chordoq va havo aylanish tizimlarini mahkam berkitish;
▫️ elektr va gaz vositalarini oʻchirish;
▫️ koʻchalarda daraxt va elektr ustunlari tagida turmaslik;
▫️ koʻp qavatli binolar balkonlarida, deraza tokchalari hamda tashqaridagi buyumlarni imkon qadar xavfsiz joylarga olib qoʻyish yoki mustahkamligini tekshirish;
▫️ shamol kuchayganda, mustahkam qurilgan binolar, yer osti oʻtish yoʻllari va boshqa yashirinish mumkin boʻlgan joylarda muhofazalanish;
▫️ ochiq maydonda yurgan hollarda pastliklar, chuqurliklar va barcha xavfsiz yerlarga yotgan holda himoyalanish;
▫️ buzilgan binolarga kirish, xavfli ustunlar, reklama ustunlari va daraxtlar ortiga yashirinish taqiqlanadi;
▫️ kuchli shamoldan soʻng elektr va gaz jihozlaridan ular tekshirilgandan keyin foydalanish.
Shu bilan birga, vazirlik avtomobillarni daraxtlar va yengil konstruksiyali qurilmalar ostida qoldirmaslikni tavsiya qilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q