Oʻzbek oʻgʻil-qizlari xalqaro musiqa va raqs tanlovida faxrli oʻrinlarni egalladi

Saqlash
22:26 / 27.03.2024 1857 0

Dubay shahrida oʻtkazilgan xalqaro sanʼat festivalida Zamira Beshimova rahbarligidagi “Talent” guruhi milliy va zamonaviy raqs yoʻnalishlarida 1- va 2-oʻrinlarni qoʻlga kiritdi.

 

“Arabian Music Festival” xalqaro musiqa va raqs tanlovida Oʻzbekiston, BAA, AQSH, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Rossiya kabi davlatlardan 30 ga yaqin ijodiy jamoalar qatnashdi.

 

 

“Talents Projects” studiyasi 2020-yili ochilgan boʻlib, maqsadi 4–17 yosh bolalarning isteʼdodini roʻyobga chiqarishdan iborat.

 

 

Dubayda oʻtgan xalqaro festivalda Shokir Beshimov, Sevinchbegim Musayeva, Farzona Farmonqulova, Diyora Turgʻunaliyeva, Sardor Ergashev kabi oʻgʻil-qizlar oʻzbek milliy raqs sanʼati jozibasini namoyish etib, gʻoliblar safidan joy olishdi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//