Jamiyat
Maʼlum boʻlishicha, Bolalar ombudsmani kotibiyatiga ijtimoiy tarmoqlar orqali oʻsmir qiz oʻz otasi tomonidan turli shakldagi zoʻravonlikka uchraganligi haqida gapirayotganligi aks etgan video kelib tushgan.
Hozirda holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olingan.
Xabarga koʻra, M.Sh.(qiz bola) 2008-yilda, singlisi N.SH esa 2010-yilda tugʻilgan. Ularning onasi 2018-yilda vafot etgan.
Onasining oʻlimidan soʻng, otasi N.R. toʻngʻich qiziga nisbatan turli uyatsiz-buzuq harakatlar, shilqimliklar qilib, bir necha yil davomida muttasil kaltaklab kelgan. Shuningdek, turli haqoratlar bilan uning shaʼni, qadr-qimmatini poymol qilgan.
M.Sh. va N.Sh. bir necha marotaba uydan chiqib ketgan. Bu safar esa buvisi N.L. nevaralari bedarak yoqolgani haqida tegishli joyga ariza bergan.
Ayni paytda mazkur arizaga koʻra, shuningdek, qizlarning otasi N.R. ning harakatlariga huquqiy baho berish uchun mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib bormoqda.
“Hozirda voyaga yetmagan M.Sh. va N.Sh. lar ijtimoiy-huquqiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlganligi sababli, Qashqadaryo viloyati IIB huzuridagi Voyaga yetmaganlarni ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga joylashtirilgan va ularga zaruriy koʻmak koʻrsatilmoqda”, deyiladi xabarda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q