Umrbod qamalgan mahkum qamoq jazosini qay tartibda oʻtashini bilasizmi?

Saqlash
14:37 / 27.03.2024 2010 0

Bu turdagi mahkumlar maxsus saqlash sharoitlariga ega maxsus tartibli koloniyalarda saqlanadi.

 

Ular kameralarga koʻpi bilan ikki kishidan joylashtiriladi. Ammo mahkumning iltimosiga koʻra yoki zarurat taqozo etsa, bir kishilik kameralarda saqlanishi ham mumkin.

 

Umrbod ozodlikdan mahrum qilinganlar jazoni qattiq, odatdagi va yengillashtirilgan saqlash sharoitlarida oʻtaydi. Biroq bu turdagi mahkumlar jazoning dastlabki 10 yilini qattiq saqlash sharoitlarida oʻtkazadi.

Jazoning kamida oʻn yilini oʻtagan, belgilangan tartibni buzganlik uchun intizomiy jazo olmagan umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar qattiq saqlash sharoitlaridan odatdagi saqlash sharoitlariga oʻtkazilishi mumkin.

 

Shuningdek, jazoning kamida 15 yilini oʻtagan, belgilangan tartibni buzganlik uchun intizomiy jazo olmagan bu turdagi mahkumlar esa odatdagi saqlash sharoitlaridan yengillashtirilgan saqlash sharoitlariga oʻtkazilishi mumkin.

 

Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan bitta mahkumga toʻgʻri keladigan yashash maydonining normasi toʻrt kvadrat metrdan kam boʻlmasligi shart. Shu bilan birga, ular saqlash sharoitlaridan qatʼi nazar, har kuni bir yarim soatgacha sayr qilish huquqiga egadir.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//