Jamiyat
Joriy yil 21 mart kuni Qarshi shahar IIO FMB 4-sonli IIB navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga koʻra, Qashqadaryo viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazi travmatologiya boʻlimi binosining ikkinchi qavatga koʻtarilish zinasining tagiga nomaʼlum shaxs tomonidan yangi tugʻilgan chaqaloq tashlab ketilgan.
Hodisa sodir boʻlgan joy tergov-tezkor guruhi tomonidan koʻzdan kechirilgani aytiladi.
Xabarga koʻra, chaqaloq tibbiy koʻrikdan oʻtkazilgan. Maʼlum boʻlishicha, uning tugʻilganiga yigirma kun boʻlgan. Umumiy ahvoli qoniqarli, tanasida tan jarohati belgilari aniqlanmagan.
Hozirgi kunda chaqaloq Kitob tumanidagi viloyat bolalar uyiga joylashtirilgan. U sogʻlom holatda.
“Holat yuzasidan hozirda Qarshi shahar IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q