Jahon
Nikkei Asia axborot agentligining maʼlum qilishicha, Xitoy poytaxti Pekin hozircha Osiyoda eng koʻp boylar yashaydigan shahar boʻlib turibdi, biroq u tez orada Hindistonning Mumbay shahriga peshqadamlikni topshiradi. Chunki Pekinda garchi boylar hali ham koʻp boʻlsa-da, ammo oʻta boylar kamayib ketgan.
Shanxayda joylashgan Hurun tadqiqot instituti dushanba kuni eʼlon qilgan global boylar roʻyxatiga koʻra, Hindistonning moliyaviy markazi Mumbay birinchi marta Pekinni ortda qoldirib, Osiyoning milliarder poytaxti boʻldi.
Hozirda bu shaharda 92 nafar milliarder yashaydi. Agar bu butun dunyo shaharlari bilan solishtirilsa, Mumbay faqatgina 2 ta peshqadam shahar – Nyu-York(119 nafar milliarder)va Londondan (97 nafar milliarder) ortda qoladi.
Hisobotda aytilishicha, hindistonlik yangi milliarderlar mustahkam iqtisodiyot orqali shu darajaga erishmoqda.
Ayni vaqtda Reliancye Industriyes kompaniyasi rahbari Mukesh Ambani Hindistonning eng boy odami boʻlib turibdi. Uning sof boyligi 115 mlrd dollarga baholanmoqda.
Xitoyning eng boy odami esa Zhong Shanshan hisoblanadi. U shisha suv ishlab chiqaruvchi Nongfu Spring kompaniyasining rahbari boʻlib, milliarderning sof boyligi 63 mlrd dollar deb koʻrsatiladi.
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q