Jamiyat
2024-yil 20-mart kuni Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining mobilraqam.uzex.uz savdo tizimida 1 070 000 000 soʻmlik mobil raqam sotildi. Bu haqida “OʻzRTXB” AJ PR boʻlimi xabar berdi.
Xabarga koʻra, raqam raqobatli auksion savdolari natijasida mana shunday narxga baholangan.
Maʼlumot uchun, mazkur koʻrsatkich birjaning mazkur elektron savdo tizimi ishga tushirilgan paytdan buyon mobil raqamning eng maksimal bahosi hisoblanadi.
Ushbu mobil raqam jismoniy shaxsga moʻljallangan boʻlib, uning boshlangʻich narxi 200 000 000 soʻmni tashkil qilgan.
Maʼlum boʻlishicha, uch soatdan koʻp vaqt mobaynida davom etgan onlayn-savdolar davomida 10 ta talabgor ishtirok etib, ular tomonidan 87 marotaba narx takliflari berilgan. Buning natijasida mobil raqamning boshlangʻich bahosi 5 barobarga oʻsgan.
Endilikda, auksion gʻolibi ushbu 1 mlrd 70 mln soʻmlik mobil raqamni 10 ish kuni davomida uyali aloqa operatorida rasmiylashtirishi kerak.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q