Jamiyat
Surxondaryo viloyat sudi jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati apellyatsiya instansiyasida fuqaro Toʻrayev Sohibga (ism-familiyasi oʻzgartirilgan) nisbatan MJtKning 474-moddasi 1-qismiga oid maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish koʻrib chiqildi.
MJtKning 474-moddasiga koʻra, agar shaxs maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrish jarayonida aliment majburiyatlari boʻyicha qarzdorlikni ixtiyoriy ravishda toʻlagan boʻlsa, javobgarlikdan ozod etilishi koʻrsatilgan. Biroq buning uchun u birinchi marta huquqbuzarlik sodir etgan boʻlishi zarur.
Ushbu moddada agar daʼvogar shaxs aliment majburiyatlari boʻyicha qarzdorlikdan voz kechsa, bu aliment toʻlovchini javobgarlikdan ozod qilishga asos boʻlmaydi. Yaʼni, aliment toʻlovchi birinchi marta huquqbuzarlik sodir etgan boʻlsa va faqatgina ixtiyoriy ravishda qarzni toʻlasa, javobgarlikdan ozod etiladi.
2022-yil 14-noyabrda chiqarilgan sud hukmiga asosan, MJtKning 474-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish MJtKning 271-moddasi 10-bandiga asosan tugatilgan. Aynan ana shu oʻzgartirishga daʼvogar tomonning oʻziga berilishi lozim boʻlgan 13 mln 548 ming 502 soʻm qiymatidagi qarzdan “voz kechishi” asos boʻlgan. Oʻsha vaqtda sud ishida zarar bartaraf etilganligi eʼtirof etilgan va ish yopilgan.
Biroq, aliment toʻlovchi erkak aslida pulni toʻlamagan. U jabrlanuvchi(ayoli)ga qarz(aliment)ni bir-ikki kun ichida toʻlayman deb aldagan va ayolidan “aliment qarzidan voz kechish” mazmunidagi tilxatni yozdirib olgan. Ayoli ham eriga ishongan va hech narsani tushunmasdan, “voz kechish” haqida yozib beravergan. Yozdirib olingan xat erkakka qoʻyilgan javobgarlikning boshqa moddaga almashinishiga sabab boʻlgan.
Xullas, aliment toʻlovchi noodatiy yoʻl bilan javobgarlikdan qutilib qolmoqchi boʻlgan. Ammo ayolining arizasi bilan 2022-yilda qabul qilingan sud hukmi qayta koʻrib chiqilgan va erkakning hiylasi fosh boʻlgan.
Xabarda yozilishicha, jinoyat ishlari boʻyicha Termiz shahar sudining 2022-yil 14-noyabr kunidagi Toʻrayev Sohibga nisbatan chiqarilgan qarori bekor qilinib, unga Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 474-moddasi 1-qismi bilan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q