Jamiyat
Bugun, 25-mart kuni Prezident Namangan viloyatiga tashrif buyurdi.
Prezidentning Namangan viloyatiga tashrifi Yangi Namangan tumanidagi “Gavhar grup” korxonasi faoliyati bilan tanishishdan boshlandi.

Maʼlum boʻlishicha, korxona yiliga 1 ming 200 kilogramm zargarlik buyumlarini sanoat usulida ishlab chiqarish quvvatiga ega.
Shavkat Mirziyoyev korxonada ishlayotgan zargarlar bilan suhbatlashdi.


“Mamlakatimizda yiliga 100 tonna oltin qazib olyapmiz. Uni zargar tadbirkorlarga boʻlib toʻlash sharti bilan sotishga ruxsat berilgan. Ochigʻi, bunday imkoniyatlar hech qaysi davlatda yoʻq. Lekin, yurtimizda oltinning atigi 6 foizi qayta ishlanyapti. Oltin qazib olinmaydigan mamlakatlar bizdan koʻp eksport qilyapti. Bu sohada biroz kechikdik. Shuning uchun ishlab chiqarishga qoʻshimcha sharoitlar yaratyapmiz. Bu hali boshlanishi. Sohani hali yana rivojlantiramiz, — degan Prezident.
Davlatimiz rahbari, shuningdek, “Mexmash” masʼuliyati cheklangan jamiyati mahsulotlarini ham koʻzdan kechirdi.
700 kishi ishlaydigan mazkur korxona yiliga 20 ming tonna burama mix va 18 ming tonna rulonli qogʻoz ishlab chiqarish, 6 million dollarlik eksport quvvatiga ega.
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jahon
Siyosat
Siyosat
111060
Jamiyat
94515
Jamiyat
90459
Jamiyat
74534
Jamiyat
//
Izoh yo‘q