Poytaxtda 26-martdan isitish mavsumi yakunlanadi

Saqlash
17:24 / 25.03.2024 1217 0

26-martdan Toshkent shahrida 2023–2024-yilgi isitish davri yakunlanishi rejalashtirilmoqda, deyiladi Toshkent shahar hokimligi xabarida.

 

Xabarda yozilishicha, isitish davrining tugatilishi uchun tashqi havoning sutkalik harorati 8 darajadan yuqori boʻlishi zarur. Shuningdek, bunday harorat 5 kun davom etsa, 6-kundan isitish tizimi oʻchiriladi.

 

Shu hisobda, 2024-yilning 26-mart kunidan 2023–2024-yilgi isitish davri yakunlanishiga ayni kunlarda harorat 10 darajadan yuqori boʻlayotgani asos sifatida koʻrsatilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//