Salimboyvachcha 6 yilga qamaldi

Saqlash
23:23 / 23.03.2024 1751 0

“Salimboy” nomi bilan tanilgan Salim Abduvaliyev sud hukmiga koʻra 6 yilga qamaldi. Bu haqida Kun.uz xabar berdi.

 

Sud hukmiga koʻra, unga qoʻzgʻatilgan jinoyat ishining kontrabanda bilan bogʻliq qismi tugatilgan.

 

“Eʼlon qilingan sud hukmiga muvofiq S.Abduvaliyev Jinoyat kodeksining 246-moddasi (kontrabanda) 1-qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortish muddati oʻtib ketganligi sababli jinoiy javobgarlikdan ozod etilib, jinoyat ishining shu qismi Jinoyat-protsessual kodeksining 84-moddasi (ayblilik toʻgʻrisidagi masalani hal qilmay turib jinoyat ishini tugatish uchun asoslar) 1-qismi 1-bandiga asosan tugatildi”, deyiladi xabarda.

 

Maʼlum boʻlishicha, Toshkent shahar Jinoyat ishlari boʻyicha Yashnobod tuman sudida boʻlib oʻtgan sud majlisida Abduvaliyev Jinoyat kodeksining 248-moddasi 2-bandi (Oʻqotar qurolning, oʻq-dorilarning, oʻqotar qurol asosiy qismlarining, portlovchi moddalarning, portlatish vositalarining yoki portlatish qurilmalarining qonunga xilof muomalasi) bilan aybdor deb topilgan.

 

Xabarga koʻra, 73 yoshli Salim Abduvaliyevga sud hukmi bilan 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

 

Sud hukmi 19-mart kuni oʻqilgani aytilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//