Jahon
22-mart kuni Moskvadagi “Crocuc city hall” binosiga bir guruh qurollangan odamlar bostirib kirib, oʻt ochgan. Bu haqida RBK.ru xabar bermoqda.
Unda aytilishicha, konsert boshlanish arafasida bir nechta portlashlar sodir boʻlgan va zal yongʻin qurshovida qolgan. Terrorchilar konsert zaliga oʻt qoʻyish uchun “yonuvchi suyuqlik”dan foydalangan.
Maʼlumotga koʻra, hodisa sabab halok boʻlganlar soni 143 nafarga yetgan. 150 dan ortiq kishi turli darajada tan jarohati olgan.
Qoʻlga olinganlar tojik millatiga mansubligi uchun Tojikiston fuqarolari ekanligi aytilgan edi, ammo Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi bu xabarni rad etgan.
Ayni vaqtda teraktni amalga oshirgan tomonlar taxmin qilinmoqda. Ulardan biri IShID. The New York Timesʼning yozishicha, terakt uchun javobgarlikni ISHIDning Afgʻonistondagi boʻlinmasi — ISHID-Xuroson oʻz zimmasiga olgan. Rossiya huquqni muhofaza qiluvchi idoralari bu borada sukut saqlamoqda.
Boshqa tomon esa Ukraina. Chunki terrorchilar Ukrainaga qochmoqchi boʻlgan.
Hozirda 11 nafar gumonlanuvchi qoʻlga olingan. Ulardan 4 nafari terrorist ekanligini maʼlum qilingan.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchixonasi jabrlanganlar orasida Oʻzbekiston fuqarolari yoʻqligini yozgan.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q