Jamiyat
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari Alisher Qodirov “maktabni tugatgan, oʻqishga kirganlardan tashqari barcha oʻgʻil bolalarni toʻlovlarsiz, bir yillik majburiy harbiy xizmatga jalb qilish lozim”ligini aytib, oʻz blogida post joyladi.
Uning fikricha, maktabda oʻqituvchida erkinlik, oʻquvchida intizom boʻlishi shart. Yoʻqotilgan avlod oila va taʼlimdagi qadriyatlarni rad etish natijasi ekanini Gʻarb tan olayotgan bir paytda, tarbiya masalasida keskin qarorlardan qochmaslik kerak.
“Tartib va masʼuliyatni maktab va harbiy xizmatda oʻrgatmasak, qamoqxonada hech qachon oʻrgatib boʻlmaydi.
Oʻzbekistonni erkinlikni hadsizlik deb biladigan, atlas kostyum (kiygan) xunasalar emas, oʻz qadrini biladigan, tafakkur qiladigan oʻgʻil-qizlar rivojlantiradi”, – degan “Milliy tiklanish” Demokratik partiyasi raisi oʻz blogida.
Qodirov, shuningdek, “nafaqat Oʻzbekiston, balki butun Markaziy Osiyoda bogʻcha va maktab milliy xavfsizlik masalasiga aylangan”ini maʼlumot sifatida keltirar ekan, “uni nafaqat Milliy gvardiya, balki, butun jamiyat qoʻriqlashi kerak”ligni taʼkidlagan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q