Jamiyat
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti maʼlumotiga koʻra, 2024-yil fevral oyida poytaxtda oʻrtacha taʼmirlangan uylarning ijara narxlari yanvar oyiga nisbatan oʻrta hisobda 0,34 foizga, toʻliq taʼmirlanganlari esa esa 0,13 foizga pasaygan.
Maʼlumotda yozilishicha, joriy yil fevral oyida oʻrtacha taʼmirlangan 1 xonali xonadonlar uchun taklif etilgan ijara narxlari oʻtgan yanvar oyiga nisbatan oʻrtacha 0,3 foizga pasayib, 394 dollarni tashkil etgan boʻlsa, 2 xonali xonadonlarning ijara narxlari 0,2 foizga arzonlab, oʻrtacha 441 dollargacha tushgan. Oʻrtacha taʼmirlangan 3 va 4 xonali uylar ijara narxlari esa 0,4 foizga pasaygan va oʻrtacha narxlar mos ravishda 514 dollar va 594 dollarni tashkil etgan.
Oʻrtacha taʼmirlangan uylar uchun arzon ijara narxlari Sergeli (1 xonali — 358 dollar, 2 xonali — 393 dollar, 3 xonali — 435 dollar, 4 xonali — 450 dollar), Olmazor (1 xonali — 357 dollar, 2 xonali — 415 dollar, 3 xonali — 455 dollar, 4 xonali — 490 dollar) tumanlarida taklif etilgan boʻlsa, ushbu turkumdagi eng qimmat ijara narxlari Yakkasaroy (1 xonali — 420 dollar, 2 xonali — 488 dollar, 3 xonali — 657dollar , 4 xonali — 738 dollar) va Mirobod (1 xonali — 467 dollar, 2 xonali — 520 dollar, 3 xonali — 620 dollar, 4 xonali — 832 dollar) tumanlarida kuzatilgan.
Toʻliq taʼmirlangan 1 xonali uylar uchun oʻrtacha ijara narxlari esa 2014-yilning ikkinchi oyida 475 dollarni tashkil etgan va oʻtgan yanvar oyiga nisbatan 0,3 foizga tushgani tahlil qilingan. Shuningdek, 2 xonali uylar uchun ushbu ijara narxi mos ravishda 651 dollarga baholangan va arzonlashish darajasi 0,6 foizni tashkil etgan. 3 xonali uylar uchun taklif etilgan oʻrtacha ijara narxlarida (790 dollar) ham biroz (0,1 foiz) tushish kuzatilgan. Lekin, toʻliq taʼmirlangan 4 xonali uylarning oʻrtacha ijara narxlari 0,4 foizga qimmatlashib, oʻrtacha 919 dollarni tashkil qilgan.
Toʻliq taʼmirlangani uylar uchun eng arzon ijara narxlari Sergeli (1 xonali — 393 dollar, 2 xonali — 462 dollar, 3 xonali — 560 dollar, 4 xonali — 761 dollar) va Uchtepa (1 xonali — 401 dollar, 2 xonali — 498 dollar, 3 xonali — 617 dollar, 4 xonali — 850 dollar) tumanlarida taklif qilingan. Eng qimmat ijara narxlari esa Shayxontohur (1 xonali — 555 dollar, 2 xonali — 848 dollar, 3 xonali — 1057 dollar, 4 xonali — 1028 dollar) va Mirobod (1 xonali — 570 dollar, 2 xonali — 861 dollar, 3 xonali — 1024 dollar, 4 xonali — 1128 dollar) tumanlarida kuzatilgan.
Maʼlumot uchun, ijara narxlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar olx.uz platformasidan veb skreping (veb scraping) usulida toʻplangan boʻlib, bunda 2024-yil yanvar oyi uchun 52,3 ming va fevral oyi uchun 51,5 mingta maʼlumotlardan foydalanilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q