Jahon
Qirgʻiziston Respublikasida maktab taʼlimi 12 yillik etib belgilanishi mumkin. Bu masala 15-mart kuni oʻtkazilgan Qirgʻiziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining navbatdagi majlisida koʻrib chiqilgan.
Yigʻilish kun tartibiga 10 dan ortiq masala kiritilgan.
Jumladan, majlisda maktablarda jahon tajribasidan oʻtgan taʼlim yoʻnalishlarini joriy etish va taʼlim muddatini oʻzgartirish orqali oʻquvchilarning funksional savodxonligi va malakasini oshirish maqsadida “Umumiy oʻrta taʼlim tuzilmasini modernizatsiya qilish toʻgʻrisida”gi qaror koʻrib chiqilgan hamda tasdiqlangan.
Xabarga koʻra, mazkur qaror 12 yillik taʼlim modeliga bosqichma-bosqich oʻtish va taʼlim tizimini zamonaviy taʼlim tendensiyalariga mos ravishda yangilash, mamlakatning iqtisodiy farovonligi uchun raqobatbardosh inson kapitalini rivojlantirishni taʼminlaydi.
Rasmiylarning tushuntirishicha, Qirgʻizistonda taʼlim tizimi oʻzgarishi kerak, chunki uning koʻp jihatlari sovet davridan beri oʻzgarmagan va zamon talablariga javob bermaydi.
12 yillik taʼlimga oʻtish jarayoni 5-6 yoshli bolalarning 100 foiz majburiy maktab taʼlimi bilan qamrab olinishini talab etadi.
Ushbu masala ortidan oʻqitish maskanlarining yetishmaslik muammosi ham oʻrtaga chiqadi. Biroq uni mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda hal qilish rejalashtirilgan.
Maʼlumot uchun, qirgʻiz maktablarining 11-sinf bitiruvchilari qabul qilingan qarorga asosan yana bir yil oʻqiydi. Yaʼni, bitiruvchilarning yoshi oʻzgarmaydi. Oldin esa 11-sinfni tamomlagan oʻquvchilar oliy oʻquv yurtiga topshirishi mumkin edi. Endilikda ular bir yildan mahrum boʻladi. 1-sinfga esa qayta tayyorlovdagi sinflar (“nolovoy”lar) qabul qilinadi.
Umumtaʼlim maktablarida oʻquvchilarga faqat fanlar emas, balki kasb-hunarlar ham oʻrgatiladi.
Shuningdek, xabarda maktabgacha taʼlim tizimini ham isloh qilish haqida soʻz borgan.
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q