Jamiyat
Prokuratura organlariga xizmatga qabul qilish uchun oʻtkaziladigan tanlovlar yuzasidan Bosh prokuratura eʼlon berdi.
Unda yozilishicha, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent va Qashqadaryo viloyatlari prokuratura organlariga xizmatga qabul qilish uchun tanlov tadbirlari joriy yilning 25-mart kunidan boshlanadi.
Tanlov tadbirlari quyidagilardan iborat:
1). dastlabki oʻrganish (hujjatlarni yigʻish va oʻrganish);
2). tibbiy koʻrik;
3). maxsus tekshirish;
4). psixodiagnostika;
5). mutaxassislik boʻyicha test;
6). suhbat.
Tanlovda tayanch oliy yuridik maʼlumotga ega, 30 yoshdan oshmagan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari ishtirok etishlari mumkin.
Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar nomzodlarning doimiy yashash hududidagi prokuraturaning kadrlar boʻlimlari tomonidan joriy yilning 25-apreliga qadar qabul qilinadi.
“Dastlabki oʻrganish uchun taqdim etilishi lozim boʻlgan hujjatlar roʻyxati bilan hududiy prokuraturalarning kadrlar boʻlimlarida tanishish mumkin”, – deyiladi eʼlonda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q